1

Qisqa yomg`ir, momaqaldiroq va +32° issiq

Jamiyat 25.04.2024, 06:49
Qisqa yomg`ir, momaqaldiroq va +32° issiq

"O`zgidromet" bugun, 25 aprel kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 24-26° bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo`ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, kechasi va ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 24-29° bo`ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 22-27° bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo`ladi. 

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 22-27° bo`ladi. 

Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi (2000 m dan yuqorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 11-16° bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1