1

"Avtoyo`l"ning Surxondaryo viloyati rahbari xodimlarni uyatsiz so`zlar bilan so`kdi

Jamiyat 25.04.2024, 12:26
"Avtoyo`l"ning Surxondaryo viloyati rahbari xodimlarni uyatsiz so`zlar bilan so`kdi

Ijtimoiy tarmoqlarda so`kinayotgan mansabdorning videosi tarqaldi.

Xabarlarda ushbu shaxsni Surxondaryo  viloyat "Avtoyo`l" rahbari M.Allamurodov ekanligi aytilgan. 

O`zbekiston Transport vazirligi tasarrufidagi Avtomobil yo`llari qo`mitasining rasmiy saytida joylashtirilgan ma`lumotnomada haqiqatdan, ayni paytda Allamuradov Muhammadali Xayitalievich qo`mitaning Surxondaryo  viloyat bosh boshqarmasi boshlig`i vazifasini vaqtinchalik bajarib kelayotganligini ko`rsatmoqda.  

Tarqalgan xabarlarda M.Allamurodov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar davlat xizmatlarida umuman faoliyat olib bormaganligi ta`kidlangan.  

Hozircha holat bo`yicha rasmiy munosabat berilmadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1