1

Andijonda aka-uka rahbarlar 20 gektar erni 225 ming dollarga noqonuniy sotayotganda ushlandi (video)

Jamiyat 26.04.2024, 14:58
Andijonda aka-uka rahbarlar 20 gektar erni 225 ming dollarga noqonuniy sotayotganda ushlandi (video)

Andijon va Qashqadaryoda noqonuniy er savdosiga chek qo`yildi. Bu haqda DXX axborot xizmati darakchi.uz'ga ma`lum qildi. 

Unga ko`ra, Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi chorvachilikka ixtisoslashgan MChJ rahbari ushbu MChJga chorva mollari uchun ozuqa ekini etishtirish maqsadida, uzoq muddatga ijara asosida berilgan 2,5 gektar er maydonini hamda uning ukasi o`zi rahbarlik qilayotgan paxta va g`alla etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo`jalikning 17,5 gektar er maydonini, jami 20 gektar er maydonini o`zaro til biriktirib, noqonuniy ravishda xaridorga 225 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ushlandi.

Andijon shahrida kuzatilgan holatda 1990 va 1993 yillarda tug`ilgan aka-uka “Er tuzish va ko`chmas mulk kadastri” davlat korxonasining Andijon shahar filiali sobiq xodimi hamda rieltorlik xizmati ko`rsatuvchi MChJ rahbari bilan o`zaro til biriktirib, o`zganing ishonchiga kirishadi va shahar hokimligi zaxirasidagi 33 sotix er maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 52 ming AQSh dollari talab qilishadi. Ular so`ralgan pul mablag`ini MChJ rahbarining xonasida olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi, 1978 y.t. shaxs o`zini go`yoki tuman kadastr bo`limi xodimi deya tanishtirib, Ko`kdala tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kiradi va boshqa bir fuqaroga tegishli bo`lgan 40 sotix er maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 12 ming AQSh dollari va 98 mln. 800 ming so`m olgan vaqtida ushlandi.



Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1