1

Surxondaryoda o`rik pishdi

Jamiyat 27.04.2024, 14:53
Surxondaryoda o`rik pishdi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi meva bog`larida o`rik pishdi. Bu haqda Qishloq xo`jaligi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, tumandagi MChJ tomonidan barpo etilgan o`rikzorlarda innovasion texnologiyani muvaffaqiyatli qo`llanishi hisobiga ekinlar barvaqt hosilga kirgan. 2020 yilda tashkil etilgan korxonada o`tgan qisqa vaqt ichida qariyb 102 gektar maydonda tomchilatib sug`orish orqali o`rik (mikado, magadant, kaloroda, maykod, lidegod, sinishkod, rubisa, kasinko, radova) va shaftoli (nektar) parvarishlash yo`lga qo`yilgan.

"Hosilni yig`ib olishga jadal kirishgan bog`bonlar xalqaro standartlarga to`la javob beradigan, darmondoriga boy ne`matni Rossiyaga eksport qilishga ham kirishdilar", — deyiladi xabarda.

Hozirda 600 nafar mavsumiy va 16 nafar doimiy ishchi o`rni yaratilgan korxonada hosilni yig`ishtirish, saralash va qadoqlash ishlari jadal olib borilmoqda. Ko`chatlar 3-4 yillik bo`lgani sabab, gektaridan qariyb 25 tonnadan hosil olinyapti.

Tadbirkorning so`zlariga ko`ra, kelgusida 80-100 tonnagacha hosil olish rejalashtirilgan bo`lib, birgina joriy yil mavsum davomida o`rikning o`zidan qariyb 1500 tonna atrofida hosil olish va chet davlatlarga eksport qilish ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1