1

Namanganda maktab bitiruvchisi o`lgudek kaltaklandi (video)

Jamiyat 13.06.2024, 21:08
Namanganda maktab bitiruvchisi o`lgudek kaltaklandi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda maktab bitiruvchisi o`lgudek kaltaklangani aytildi.

Namangan viloyati IIB xabar berishicha, holat joriy yilning 11 iyun kuni soat 11:30 larda Pop tumani, Madaniyat mahallasi hududida joylashgan bilyard klubida sodir bo`lgan. Ikki guruh yoshlar o`zaro janjallashib, ulardan uch nafari turli xil darajadagi tan jarohatlari olishgan. 

Jumladan, M.T. (videodagi shaxs) hodisa natijasida og`ir tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan 11.06.2024-yilda Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan JKning 104-moddasi 2-qismi "e, l" bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Shuningdek, ayblanuvchining ushbu harakatlariga daxldor bo`lgan qolgan shaxslar ham jinoyat ishi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi.

Hozirda Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda va jinoyat ishi Namangan viloyati IIB tomonidan alohida nazoratga olingan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1