1

Toshkentda harbiy xizmatchining 19 yil avvalgi qotilligi fosh bo`ldi

Jamiyat 13.06.2024, 21:31
Toshkentda harbiy xizmatchining 19 yil avvalgi qotilligi fosh bo`ldi

Bugun, 2024 yilning 13 iyun kuni soat 15:00 da Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tumani sudida sudya A.Abdulhaev raisligida bundan 19 yil oldin sodir etilgan jinoyat ishi ko`rib chiqilgan. 

Aytilishicha, Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida joylashgan harbiy qismda stansiya boshlig`i lavozimida ishlab kelgan 24 yoshli yigit Toshkent shahridagi kafelarning birida 19 yoshli ayol bilan tanishib qolgan. U bilan ishqiy munosabatga kirishgan.

Ayol bilan bo`lgan ishqiy munosabatlari davomida u bilan ikki marotaba jinsiy yaqinlik qilgan. Natijada o`zida holsizlik, jinsiy a`zolarining yallig`lanishi kabi kasallik belgilari paydo bo`lgan. Mudofaa vazirligining markaziy harbiy klinik shifoxonasida unga o`tkir bakterial uretrit va teri-tanosil kasalliklari turkumiga kiruvchi ganoreya kasalligi tashhizi qo`yiladi.

 Shunday bo`lsa-da, u marhuma bilan birga yashagan. To`rtinchi marotaba jinsiy aloqada bo`lgach, ayolga undan kasallik yuqtirib olganini aytib, uning xizmati uchun berilishi lozim bo`lgan 200 ming so`mni bermagan. Haqini ololmagan ayol erkakni haqoratli va behayo so`zlar bilan so`kkan. Bunga chiday olmagan erkak unga jami oltmish bir marotaba pichoq bilan tan jarohati etkazib, o`ta shafqatsizlik bilan ta`magirlik niyatida qasddan o`ldirgan.

Sudda so`z olgan sudlanuvchi aybiga iqrorligini, qilmishidan pushaymonligini aytib, vijdon amri bilan aybini tan olganini, tergov paytida aybiga o`zi iqror bo`lganini bildirdi. 

Sud unga uzil-kesil 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1