1

Samarqandda 70 yoshli mast erkak 2-sinf o`quvchisini urib yubordi

Jamiyat 22.05.2024, 13:31
Teglar: ​Samarqand, mast erkak, 2-sinf o`quvchi
Samarqandda 70 yoshli mast erkak 2-sinf o`quvchisini urib yubordi

Samarqand viloyati Narpay tumanida spirtli ichimlik iste`mol qilib, transport vositasini boshqargan 70 yoshli erkak 2-sinf o`quvchisini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, hodisa qiz maktabdan qaytayotganida sodir bo`lgan. Oqibatda qizning qo`li singan va u operasiya qilingan. Haydovchi qizga yordam ko`rsatgan, shifoxonaga olib borgan.

Ikkinchi marta ichmayman, mashina ham haydamayman», — deydi erkak.

Ma`lum bo`lishicha, yo`l-transport hodisasini sodir etgan erkak bundan bir yil oldin ham spirtli ichimlik iste`mol qilib transport vositasini boshqargani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan.

Holat yuzasidan Narpay tumani IIB Tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Samarqandda 8 sinf qiz chaqaloq dunyoga keltirdi

10.05.2024, 15:34

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Samarqandda maktabning 8 sinf o`quvchisi ona bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani ma`lumot berdi. Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8 sinf o`quvchisi, voyaga...
Samarqandda o`quvchi qizga shilqimlik qilgan o`qituvchi atiga 3 sutkaga qamaldi

06.05.2024, 15:23

Qayd etilishicha, 1997 yilda tug`ilgan yigit 24 yanvar kuni soat 11:30 larda o`zi ishlab kelayotgan Urgut tumanidagi maktabda dars o`tish jarayonida shu maktabning 11 sinfida...
Samarqandda 8 sinf qizni urib yuborgan haydovchi maktab o`quvchisi ekani aniqlandi

06.05.2024, 14:19

Samarqand shahrida 29 aprel kuni Cobalt mashinasi 15 yoshli o`quvchi qizni urib yuborgani, oqibatda qiz tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.Soat 17:00...
Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX xodimlari ishdan bo`shatildi

02.05.2024, 16:46

Samarqandda haydovchidan pora so`ragan YPX inspektorlari ichki ishlar organlari safidan bo`shatildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.Ma`lum qilinishicha, inspektor mashinani to`xtatgan va haydovchidan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1