1

Toshkentning Yunusobod tumanini suv bosishi yuzasidan munosabat bildirildi

Jamiyat 03.07.2024, 14:24
Toshkentning Yunusobod tumanini suv bosishi yuzasidan munosabat bildirildi

Energetika vazirligi Yunusobod tumanidagi 4-sonli qozonxona elektr ta`minotida uzilishlar ro`y bergani aytilgan xabarlarni rad etdi.

Toshkent shahar Yunosobod tumanini bugun, 3 iyul kuni suv bosgani haqida xabar berildi. Toshkent shahar “Suv ta`minoti” axborot xizmati boshlig`i holat sababini ochiqladi. Unga ko`ra, holatga yaqin hududda joylashgan qozonxonada vaqtincha elektr ta`minoti uzilgani sabab bo`lgan.

 Energetika vazirligi esa Toshkent shahar “Suv ta`minoti”ning mazkur bayonoti haqiqatga mos emasligini va 4-sonli qozonxonada 2—3 iyul kunlari elektr ta`minoti bilan bog`liq hech qanday uzilish yuz bermaganini ma`lum qildi.

Suv toshqiniga qozonxona faoliyatining hech qanday aloqasi yo`q. 4-sonli qozonxona 2024 yilning 2 iyulidan 3 iyuliga o`tar kechasi barqaror va shtat rejimida faoliyat yuritgan, — deyiladi raddiyada.

Ta`kidlanishicha, ayni paytda qozonxonaga suv ta`minotining etarli darajada etkazib berilmayotgani sababli mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ishlab chiqarish hajmi pasaytirilgan.

Avvalroq suv quvuri yorilib toshgani natijasida avtotransport vositalarini harakati vaqtinchalik cheklangan edi. Shu munosabat bilan, mazkur ko`chalardan harakatlanuvchi 6, 24 va 142-sonli avtobus yo`nalishlarining qatnov va oraliq interval vaqtlari reja asosida tashkil etilishida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1