Bugun, 3 iyul kuni O`zbekiston Islom sivilizasiyasi markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Buyuk ajdodlar merosi – III Renessans poydevori” O`zbekiston olimlari forumi boshlandi.
Islom sivilizasiya markazining qalbi hisoblangan "Qur`on zali"ning o`rtasiga sakkiz qirrali oynaband shifon quriladi. Uning atrofiga yaxshilikka chorlovchi, tinchlikni ulug`lovchi oyatlardan na`munalar yoziladi. Bigushi tablolar ham qo`yilib, bunda 114 ta suraaylanib turishi rejalashtirilmoqda.
Qur`on Germaniya davlatida ishlab chiqarilgan sarkofagning ichida saqlanadi. U Quronning harorati qaysi darajadagi namlikda turishi, ya`ni qanday holatda saqlanishiga mo`ljallangan jihozdir.
Usmon mazhabining asli alohida xonada saqlansa, nusxasi quron zalining o`rtasiga joylashtirilsa yana ham himoyalangan holda bo`ladi, deya olimlar tarafidan taklif bildirildi.
Shuningdek, muzeydan tashqari markaz kutubxonasi tashkil etiladi. Qo`lyozmalarning 100mingta nusxasi foydalanishga topshirilgan.
500 ga yaqin ishtirokchini qamrab olgan Forumda O`zbekiston Islom sivilizasiyasi markazining maqsad va vazifalar, kelgusi rejalarini namoyon etadigan 10 dan ortiq seminarlar va taqdimotlar tashkil etilmoqda.