1

Jizzaxda kreditni vaqtida to`lamagan shaxsning KIA K5 rusumli avtomashinasi xatlandi

Jinoyat 27.06.2024, 16:53
Jizzaxda kreditni vaqtida to`lamagan shaxsning KIA K5 rusumli avtomashinasi xatlandi

Jizzaxda kreditni vaqtida to`lamagan shaxsning KIA K5 rusumli avtomashinasi xatlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati darakchi.uz'ga xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Byuroning Sh.Rashidov tuman bo`limiga Fuqarolik ishlari bo`yicha Jizzax tumanlararo sudining fuqaro Sh.B.dan “Asakabank” AJ foydasiga 93,6 mln. so`m undirish belgilangan. 

Qarzdorga tegishli KIA K5 rusumli avtomashina xatlanib, ushbu mulkni yo`q qilish, begonalashtirish va yaroqsiz xolga keltirishni taqiqlash to`g`risidagi ijro varaqasi kelib tushgan, shu kunning o`zida ijro ishi qo`zg`atilib tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli mol-mulklarga taqiq o`rnatilgan. Fuqaro Sh.B.ga tegishli KIA K5 rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1