“SAT” imtihonidan 75% dan yuqori natija qayd etgan o`quvchilar OTMga grant asosida qabul qilinadi
Bu haqda prezident yoshlar siyosatiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida aytib o`tdi.
Yangi o`quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik liseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.
Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o`quvchilar o`sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.