Bugungi kunda aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta`minlanganlik darajasi 77,6 foizni tashkil etadi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda "O`zsuvta`minot" AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, ichimlik suvi bilan ta`minlanganlik darajasi eng yuqori hududlar:
Toshkent shahri - 97,7 foiz;
Andijon viloyati - 90,9 foiz;
Xorazm viloyati - 90,4 foiz.
Ichimlik suvi bilan ta`minlanganlik darajasi eng past hududlar:
Qashqadaryo viloyati - 59,4 foiz;
Surxondaryo viloyati - 62,9 foiz;
Jizzax viloyati - 70,4 foizni tashkil etmoqda.