1

Sirdaryoda yuk mashinasi avtobusga borib urildi

Jamiyat 28.06.2024, 23:09
Sirdaryoda yuk mashinasi avtobusga borib urildi

Sirdaryo viloyatida yuk avtomobili va avtobus ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun, 28 iyun kuni soat 12:30 larda, Sirdaryo tumani, Ziyokor MFY hududidan o`tuvchi M-34 avtomobil yo`lining 83-kmda, Termiz-Toshkent yo`nalishida, "Isuzu" rusumli yuk avtomobili shu yo`nalishda yo`lning o`ng tomon qismida yo`lovchilarni tushirish uchun to`xtab turgan 14 nafar yo`lovchisi bo`lgan "Isuzu" rusumli yo`lovchi tashuvchi avtobusni orqa qismidan urib yuborishi natijasida  yo`l transport xodisasi sodir etilgan.

Natijada “Isuzu" rusumli yo`lovchi tashuvchi avtobus salonida bo`lgan 1 nafar yo`lovchi jarohat olib Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hozirda Sirdaryo tumani IIB xodimlari tomonidan tergov harakatlariolib borilmoqda.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1