1

Endi avtomobilni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnoma onlayn tarzda ham beriladi

Jamiyat 01.07.2024, 15:06
Endi avtomobilni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnoma onlayn tarzda ham beriladi

O`zbekistonda uchta notarial xizmat turi "Elektron notarius" portalida onlayn formatga o`tkazilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O`rinboeva xabar qildi.

Qayd etilishicha, avtomototransport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qo`yish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasi notarial idoraga bormasdan ham berilishi mumkin.

Bundan tashqari, er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan, ko`chmas mulkni tasarruf etish bo`yicha bitim tuzish uchun xotin (er)ning rozilik arizasini notarial tasdiqlash onlayn formatga o`tkaziladi.

Shuningdek, hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to`g`ri tarjima qilinganini shahodatlashni videokonferensiya orqali (onlayn) notarial rasmiylashtirish mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1