1

Samarqanddan topilgan eshak jasadlari yuqumli kasalliklar tarqalishiga olib kelishi mumkinligi ma`lum qilindi

Jamiyat 16.12.2016, 10:23
Teglar: Jinoyat
Samarqanddan topilgan eshak jasadlari yuqumli kasalliklar tarqalishiga olib kelishi mumkinligi ma`lum qilindi

Samarqand viloyati hokimligi shahar tashqarisidagi Xishrav qo`rg`oni hududida joylashgan markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida qayd etilgan nobarqaror sanitar-gigienik vaziyat va uni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to`g`risida axborot berdi

2016 yilning 5 dekabr kuni viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Samarqand shahri “Ozod Sharq” ko`chasi 37-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro R.Tedeev murojaat qilib, Samarqand shahri Xishrav qo`rg`oni hududida joylashgan shahar tashqarisidagi markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida ommaviy tarzda yirik shoxli hayvonlarning jasadlari va turli qoldiqlari tashlab yuborilganligini hamda mazkur holat o`ta xavfli yuqumli kasalliklarning epidemiyasiga olib kelishi mumkinligini bayon etgan.

Bundan tashqari mazkur holat joriy yil 6 dekabrida jurnalist T.Rahmatullaevning Facebook`dagi sahifasida yoritilgan.

Murojaat yuzasidan viloyat hokimi boshchiligida DSENM bosh vrachi, tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi raisi, veterinariya, favqulodda vaziyatlar, er resurslari va davlat kadastri boshqarmalari boshliqlari, Samarqand tumani hokimi hamda masalaga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida voqea joyi borib o`rganildi. Bu erda ko`p eshak miqdorda jasadlari, suyaklari hamda ular atrofida daydi itlar, mushuklar va yovvvoyi qushlar borligi aniqlandi.

Bundan tashqari, suv havzasi yaqinida qo`lbola usulda loydan uylar va turli binolar qurilgan bo`lib, suyaklarni kuydirish uchun mo`ljallangan qo`lbola pech, suyak maydalovchi yasama tegirmon borligi kuzatildi.

Hududdagi nobarqaror sanitar-epidemiologik holatni yaxshilash hamda aholi va hayvonlar o`rtasida o`ta xavfli yuqumli kasalliklarning ommaviy ravishda tarqalib ketishining oldini olish maqsadida viloyat hokimi raisligida masalaga aloqador korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig`ilish o`tkazildi.

Yig`ilishda Samarqand shahri Xishrav qo`rg`oni hududida joylashgan shahar tashqarisidagi markaziy chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasidagi holat atroflicha muhokama qilinib, yuzaga kelgan nobarqaror sanitar-gigienik vaziyatning sodir etilishiga yo`l qo`yganligi va ushbu holatni oldini olish bo`yicha o`z vaqtida chora ko`rmaganligi uchun tegishli viloyat tashkilotlari rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar qo`llanildi. Shuningdek, ularga tuman bo`limi rahbarlarini egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi masalasini ko`rib chiqish vazifasi yuklatildi.

Yig`ilish qaroriga asosan shuningdek, chiqindixona yaqinidagi suv akvatoriyasida yuzaga kelgan nobarqaror sanitar-gigienik vaziyatni qayta o`rganib chiqish va tegishli tartibda rasmiylashtirish bo`yicha viloyat ishchi guruhi tashkil qilindi. Natijada Xishrav qo`rg`onidagi suv akvatoriyasi va uning atrofida to`planib qolgan hayvonlar jasadlari va suyak qoldiqlari veterinariya-sanitariya me`yori talablari asosida utilizasiya qilindi. Akvatoriyadagi suv chuqur laboratoriya tahlilidan o`tkazilib, atrofda dezinfeksiya va zararlantirish ishlari olib borildi. Hududni barcha noqonuniy qurilma va bino inshootlardan tozalash hamda kelgusida aniq shaxsga ijaraga berib, obodonlashtirish reja-tadbiri tasdiqlandi.

Bundan tashqari, ishchi guruhi viloyatdagi barcha suv havzalari, shahar chiqindixonasi atrofini xatlovdan o`tkazib, fuqarolar tomonidan amalga oshirilayotgan noqonuniy xatti-harakatlarga barham berish choralarini ko`rmoqda.

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan Xishrav qo`rg`onidagi suv akvatoriyasi va uning atrofida holatlarni sodir etgan shaxslarni aniqlash maqsadida surishtiruv ishlarini olib borilib, aybdorlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko`rilmoqda. Hududda jamoat tartibi va “pasport-viza” rejimiga rioya etilishini nazorat qiluvchi doimiy guruh faoliyat olib borayapti.

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Yilning 6 oyida har 100 ming aholiga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan

10.08.2021, 16:44

2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan  matbuot anjumanidan maxsus muxbirimiz Abdukarim Zaripov...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1