1

​Toshkentda 1 xonali uy olish uchun farzandini 14 ming dollarga sotayotgan ayol qo`lga olindi

Jamiyat 21.04.2017, 12:29
Teglar: Dollar, Toshkent, Jinoyat, Ona va bola
​Toshkentda 1 xonali uy olish uchun farzandini 14 ming dollarga sotayotgan ayol qo`lga olindi

Chilonzor tumanida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqaro A. odam sotish orqali boylik orttirish maqsadida o`zining voyaga etmagan 4 yoshli farzandini 14100 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo`lga olindi. Bu haqda 20 aprel kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan o`tkazilgan matbuot brifingda ma`lumot berildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddlasi 3-qismi “a” bandi bilan ya`ni odam savdosi jinoyati alomatlari bilan jinoiy ish qo`zg`atildi.

Ayolga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo`llanilib, bola Ichki ishlar bosh boshqarmasiga qarashli Voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish Markaziga joylashtirildi.

Ayolning ko`rsatma berishicha, ayol Qarshi shahridan Toshkentga 2017 yilning 2 aprel kuni kelgan va o`zining 3 yillik tanishiga qiynalib qolganligini va yaxshiroq xonadon bo`lsa bolasini berishini ma`lum qilgan. Buning evaziga esa unga 1 xonali uy olib berishlarini so`ragan.

Ona 14 100 dollarga bir xonali uy olsa bo`lishini va shu narxga farzandini keyinchalik da`vo qilmaslik sharti bilan topshirishini aytgan.

Sharhlar

Dollarning rasmiy kursi qo`tarildi

07.05.2024, 16:08

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 8 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 35,87 so`mga oshib, 12 683,99 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 25,95...
Dollarning rasmiy kursi tushdi

06.05.2024, 16:11

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan  7 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 26,88 so`mga pasayib, 12 648,12 so`mni tashkil qilgan.Evro kursi 5,74...
Dollarning rasmiy kursi oshdi

02.05.2024, 16:23

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o`zbek so`miga nisbatan 3 mayda amalda bo`ladigan qiymatini e`lon qildi.Dollar kursi 37,83 so`mga ko`tarilib, 12 670,05  so`mni tashkil qilgan.Evro kursi  82,17...
Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1