1

Yakkabog`lik “Farzandi ko`z oldida xo`rlangan ayol” tafsilotlari oydinlashdi

Jamiyat 28.10.2019, 08:45
Teglar: Yakkabog`, xo`rlangan ayol
Yakkabog`lik “Farzandi ko`z oldida xo`rlangan ayol” tafsilotlari oydinlashdi

2019 yilning 26 oktyabr kuni “Farzandi ko`z oldida xo`rlangan ayol” nomli sarlavha bilan fuqaro Ochilova Sharofatning O`zbekiston Prezidentiga yo`llagan videomurojaati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

 Mazkur holat Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tezkor o`rganildi va ma`lum qilindi.

Unga ko`ra, murojaat Yakkabog` tuman IIB Navbatchilik qismida ro`yxatdan o`tkazilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`limi inspektori tomonidan olib borilgan. 

Aniqlanishicha, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro Sobir Ochilov juda ko`p miqdorda spirtli ichimlik iste`mol qilib, 2019 yilning 25 iyun kunidan 26 iyun kuniga o`tar kechasi o`ta mast holatda bo`lganligi sababli qo`shnisi Sharofat Ochilovani uyiga kirgan. O`z navbatida, S.Ochilovni ko`rgan ayol unga qarshilik ko`rsatib, qo`l ko`targan. Shundan so`ng, S.Ochilov ham ayolni bir necha marotaba urib, uydan qochib chiqib ketgan. Holat yuzasidan yig`ilgan hujjatlar to`plami orqali S.Ochilov qo`shni ayolni nomusiga tegish va uning mol-mulkini egallashga qaratilgan harakatlarni sodir qilmaganligi isbotlangan.

Fuqaro Sh.Ochilova ham o`zining dastlabki bergan ko`rsatmalarida S.Ochilov uni nomusiga tegishga qaratilgan haraktalarni sodir qilmaganligini va faqatgina uning tanasini turli joylariga urib, so`ng uydan qochib chiqib ketganligini bayon qilgan.

Holat yuzasidan tayinlangan sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasida Sh.Ochilovaning tanasidagi jarohatlar og`irlik darajasiga ko`ra sog`liqni qisqa muddat yomonlashuviga olib kelmagan engil tan shikasti guruhiga kirishi ko`rsatilgan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan holat yuzasidan jamlangan hujjatlar to`plami Yakkabog` tuman prokurori va ma`muriy sudi tomonidan o`rganib chiqilgandan so`ng, 2019 yil 30 sentyabr kuni qo`shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o`tkazish uchun Yakkabog` tumani IIBga yuborilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari Yakkabog` tumani IIB profilaktika inspektori tomonidan olib borilmoqda.

Sharhlar

"Haddingni bilib yur, bilmasang, bildirib qo`yaman". Yakkabog` tumani IIB mulozimining xodimga qilgan do`q-po`pisasi bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

07.12.2022, 11:47

Yakkabog` tuman IIB boshlig`i birinchi o`rinbosari qo`l ostidagi xodimga qo`pol munosabatda bo`lgani aks etgan video tarqalmoqda.Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati izoh berdi. Ma`lum...
Qashqadaryoda "zovur"dan jasad topildi

06.02.2021, 18:09

2021 yil 6 fevral` kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida “Zovur” dan jasad topildi" sarlavhali habar tarqaldi.Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi. “2021 yil 6 fevral`...
Qashqadaryodagi maktabda 3 smenada dars o`tiladi. O`quvchilar kechqurungacha qolib ketishyapti

11.12.2019, 10:22

Yakkabog` tumanidagi 68-maktabda 3 smenada dars o`tilmoqda. Bu haqda 134-Yakkabog` caylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Shaxnoza Xolmaxmatova «Nasafnews»ga xabar bergan.Tatar MFY hududida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1