AnDTI rektori Madamin Madazimov boshchiligidagi institut delegasiyasi Rostok universitetining 600 yillik yubiley tadbirlarida ishtirok etish, mazkur nufuzli universitet bilan hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan kelishuvlarga erishish maqsadida Germaniyaga tashrif buyurdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
O`tkazilgan muzokaralar natijasida Andijon davlat tibbiyot instituti va Germaniyaning Rostok universiteti o`rtasida magistraturaning Tibbiy biotexnologiya mutaxassisligi bo`yicha qo`shma ta`lim dasturini ochish to`g`risida memorandum imzolandi.
Rostok universitetining 600 yillik yubileyi munosabati bilan ilmiy-amaliy marosimlar bilan birga ko`ngilochar tadbirlar ham o`tkazildi. Ommaviy bayramga aylanib kelgan ana shunday tadbirlardan bir – milliy taomlar tayyorlash marosimida Andijon davlat tibbiyot instituti delegasiyasi tashabbusi bilan Germaniyada 15 kilogramm guruchga “anjancha” palov damlandi.
AnDTI delegasiyasi tashrif davomida Rostok universitetining Tibbiy bioinjinering instituti bilan yaqindan tanishdi, “CENTOGENE” kompaniyasi laboratoriyasiga tashrif buyurdi. Bu erdagi inson genomini aniqlash va bioximik tahlillar o`tkazish borasidagi yuqori texnologik jarayonlar bilan tanishildi. Kelgusida ushbu kompaniya bilan hamkorlik ishlarini yo`lga qo`yish haqida kelishib olindi instruktor-metodistlariga – 1,35 baravarga oshirildi.
25.04.2024, 19:47
Germaniya hukumati 2030 yilgacha mamlakatda uysizlar sonini nollashtirmoqchi. Bu haqda "Deutsche Welle" xabar berdi.Federal Vazirlar mahkamasi muammoni hal qilish rejasini qabul qildi va zarur chora-tadbirlarning bir...12.10.2022, 12:42
Germaniya hukumati Ukraina hududiga gumanitar yordam va qurol-yarog` etkazib berish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy sayti xabar bergan va unda etkazib berilgan...18.01.2022, 20:37
Germaniya hukumati koronavirusga qarshi vaksinasiyadan bosh tortgan shifokorlarni jiddiy ogohlantirmoqda va ularga nisbatan jiddiy talablarni kuchaytirmoqda. Bu haqda Vesti.ru xabar bermoqda. Qayd etilishicha, Germaniyada sertifikatsiz tibbiyot...08.01.2022, 14:24
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali o`rta bo`g`in tibbiyot hamshiralarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish...