1

Matematika bo`yicha terma jamoamiz a`zolarining barchasi medallarni qo`lga kiritdi!

Jamiyat 02.07.2024, 22:04
Matematika bo`yicha terma jamoamiz a`zolarining barchasi medallarni qo`lga kiritdi!

Xitoyda xalqaro yig`inda ishtirok etayotgan Matematika bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi intellektual oromgoh qatnashchilari o`rtasida o`tkazilgan xalqaro olimpiadada 1 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo`lga kiritdi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 15-iyun – 3-iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida dunyoning 31 mamlakatidan 340ga yaqin terma jamoa a`zolari va trenerlari “Ikkinchi Xalqaro matematika yozgi oromgohi-2024”da ishtirok etmoqda.

Mazkur xalqaro tayyorgarilk 2-marta Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil qilingan bo`lib, joriy yil 11-22 iyul kunlari Angliyaning Bat shahrida o`tkaziladigan 65-Xalqaro matematika olimpiadasi oldidan o`ziga xos sinov vazifasini bajarmoqda. Nufuzli xalqaro matematika olimpiadasi(IMO) oldidan ishtirokchi mamlakat vakillariga juda samarali va foydali tadbir.

Natijalar bilan tanishing:
Axtamov Ozodbek To`lqinovich –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o`quvchisi - Kumush medal

Boboqulov Asadbek Sayfiddin o`g`li – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik liseyi 1-bosqich o`quvchisi - Bronza medal

G`affarov Rasulbek Hamza o`g`li – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan  maktabning 9-sinf o`quvchisi - Bronza medal
Suyunova Madina Muhiddin qizi –  Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 96-maktabning  11-sinf o`quvchisi - Bronza medal 

Zohidjonov Elbek Elmurod o`g`li –  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o`quvchisi - Bronza medal

Jaylovov To`lqin Turdimurodovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o`quvchisi - Bronza medal

Terma jamoamiz barcha a`zolarining medallarni qo`lga kiritayotgani yaxshi an`anaga aylanmoqda, yaqindagina Antalyada o`tkazilgan O`smirlar o`rtasida Balkan matematika olimpiadasida ham 6 ishtirokchining barchasi medallarni (3 ta kumush, 3 ta bronza) qo`lga kiritgan edi.


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1