1

Xorazmda daraxt ko`chatlarini parvarish qilmagan mansabdorlar jarimaga tortildi

Jamiyat 02.07.2024, 21:23
Xorazmda daraxt  ko`chatlarini parvarish qilmagan mansabdorlar jarimaga tortildi

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida ekilgan daraxt va buta ko`chatlarining parvarishi yuzasidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Shu paytga qadar mansabdor shaxslar tomonidan ko`chatlarni parvarish qilmaslik, sug`orilishiga e`tibor qaratmaslik borasida 27 ta holat aniqlandi. Mansabdorlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 3-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 91 million 800 ming so`m ma`muriy jarimalar belgilangan.

- Ta`kidlash joizki, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida o`tqazilgan ko`chatlar parvarishiga butun respublika bo`ylab jiddiy e`tibor qaratilmoqda. Bu holatga mas`uliyatsizlik bilan yondashganlar, albatta, qonunga ko`ra javobgarlikka tortiladi, - deyiladi vazirlik xabarida.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1