1

Farg`onada bolalarni majburan onaga olib berish ijrosi kutilmagan tus oldi

Jamiyat 13.12.2019, 19:35
Teglar: Farzand, Farg`ona, MIB
Farg`onada bolalarni majburan onaga olib berish ijrosi kutilmagan tus oldi

Majburiy ijro byurosi organlarida davlat ijrochilari turli xil qizg`in voqealarga guvoh ham bo`lib qolishadi. 

Xususan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 2019 yil 17 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan javobgar Q.Adanovdan da`vogar N. Karabaeva foydasiga 2 nafar voyaga etmagan farzandlarini majburiy tartibda olib berish uchun Byuroning Quvasoy shahar bo`limi davlat ijrochisi ijro kunini belgilagan.

Odatda, bunday ijro hujjatlari bo`yicha majburiy ijro harakatlari kuchli bosimlar hamda taraflarning murosasiz qarama-qarshiliklari ta`sirida o`tkaziladi.

Shunga ko`ra, davlat ijrochisi ushbu majburiy ijro harakatini o`tkazish tadbiriga ichki ishlar organi, tibbiyot xodimlaridan tashqari mahalla faollari, ilm ahlini ham taklif etadi.

Javobgar K.Adanovning xonadonida N.Karabaeva o`z farzandlari J.Janibekov va A.Janibekovalarni 2017 yildan buyon ko`rmaganligi ma`lum bo`ldi. 

O`rtaga mahalla faollari va ilm ahli aralashgach, ish g`isht qolipdan ko`chganday juda osonlik bilan hal bo`ldi-qo`ydi. Sababi, vaziyat kutilmagan tus oldi. Endi voyaga etmagan farzandlar ham ota, ham ona bilan birga yashaydigan bo`lishdi.

Holbuki, ushbu ijro hujjati er-xotin va ularning qarindoshlari o`rtasidagi katta janjallar bilan tugashi ham mumkin edi, deya “darakchi.uz”ga xabar berdi MIB

Sharhlar

Farg`onada diniy ekstremistik oqimning faol a`zosi 12 yilga qamaldi

15.05.2024, 13:27

Farg`onada "Hizb at-tahrir al-islomiy" diniy ekstremistik oqimining faol a`zosi bo`lgan Abdumutal Abdurahimov qamaldi, deya xabar bermoqda Oliy sud Matbuot xizmati.Abdumutal Abdurahimov Rossiya Federasiyasida ishlab yurgan...
Farg`onada Milliy gvardiya xodimi o`quvchilarga tarsaki tushirdi(video)

14.05.2024, 12:51

Farg`ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi Qo`shtepa tumanidagi maktabda o`quvchilariga tarsaki tushirgan xodim ishi yuzasidan ma`lumot berdi.Ijtimoiy tarmoqlarda Qo`shtepa tumanida joylashgan maktabda Milliy gvardiya xodimi maktab...
Farg`onadagi avtoturargohda nazoratchi ayol va haydovchi o`rtasida janjal kelib chiqdi

19.04.2024, 13:43

Joriy yilning 11 aprel kuni Farg`ona shahardagi  “Shodlik Qirguli avto” MChJda nazoratchi bo`lib ishlovchi Z.S. (ayol) hamda Farg`ona-Toshloq yo`nalishida qatnovchi haydovchi B.O. o`rtasida o`zaro kelishmovchilik...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1