1

Geologiya sohasidagi ishlarni rivojlantirish masalasi ko`rib chiqildi

Siyosat 16.11.2020, 21:28
Geologiya sohasidagi ishlarni rivojlantirish masalasi ko`rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoev geologiya sohasini modernizasiya qilish, investisiyalar jalb etish hamda geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi.

Unda so`nggi yillarda texnologiyalarni yangilash, ilm-fanni tiklash va kadrlar tayyorlash bo`yicha olib borilayotgan keng qamrovli ishlarga e`tibor qaratildi. 

 Shuningdek, bu boradagi ishlarni izchil davom ettirib, sohaning investisiyaviy jozibadorligini oshirish, davlat korxonalarini isloh qilish bo`yicha keyingi davrdagi asosiy vazifalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari geologiya-qidiruv ishlarini oshirish hisobiga 2021-2022 yillarda mineral xomashyo bazasini keskin kengaytirish zarurligini ta`kidladi.

Sohaga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etishga bo`lgan yondashuvni ham o`zgartirish kerak. Shu maqsadda istiqbolli maydonlarni shakllantirish, ularni xorijiy investorlarga berish, geologik qidiruv o`tkazish va soliqqa tortish tizimlarini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish bo`yicha topshiriqlar berildi.

31 ta strategik foydali qazilma maydon va konlar joylashtirilgan onlayn auksionga chet ellik sarmoyadorlarni keng jalb etish muhimligi aytib o`tildi.

– Geologiya sohasida 50 foiz vaqt investisiya bilan shug`ullanishga sarflanishi kerak. Investisiya kelmasa, geologiyada vaziyat o`zgarmaydi. Uzoq yillik mavhum rejalar emas, qisqa muddatli, aniq va natijador rejalar kerak, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Etakchi auditorlik va konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda sohadagi davlat korxonalarini transformasiya qilish bo`yicha “yo`l xaritalari” ishlab chiqish vazifasi qo`yildi.

Soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fanni rivojlantirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi. “O`zgeorangmetLITI” institutiga ilg`or tajribaga ega xorijiy kompaniya jalb qilinishi belgilandi. 

Yig`ilishda mutasaddilar 2021-2022 yillarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1