Namangan viloyati IIB TVBSO xodimi jahon chempioni bo`ldi. Bu haqda viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, yaqinda Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida qo`l jangi sport turi bo`yicha Jahon Kubogi musobaqasi bo`lib o`tdi. Unda ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi a`zosi, kichik serjant Nozima Umarova o`z vazni toifasida barcha raqiblarini engib, jahon chempionligini qo`lga kiritdi. Mahoratli sportchi qiz chempionlik unvoni va oltin medalga ega bo`ldi.