Turkiya Respublikasining rasmiylariga ko`ra, 15 martdan boshlab ushbu mamlakatga tashrif buyurmoqchi bo`lgan chet el fuqarolari uchun majburiy elektron so`rovnoma-anketa joriy qilindi va u erda sayyohlar o`zlarining sog`lig`i to`g`risidagi ma`lumotlarni ko`rsatishlari kerak bo`ladi.
So`rovnomani Turkiya Respublikasiga kelishdan 72 soat oldin to`ldirish kerak va bu veb-sayti orqali amalga oshiriladi.