Bugun, 12 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n uchinchi yalpi majlisida bir qator masalalar ko`rib chiqildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risida qarorlar qabul qilindi.
Qolaversa, Oliy Majlis Senati Kengashining qarorlari ham tasdiqlandi.
Yalpi majlisda 19 ta masala, shu jumladan, 6 ta qonun ko`rib chiqildi.
Shuning bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n uchinchi yalpi majlisi o`z ishini yakunladi.