AsosiySiyosat

AQSh prezidenti Jozef Bayden Shavkat Mirziyoevni tabrikladi

'AQSh prezidenti Jozef Bayden Shavkat Mirziyoevni tabrikladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Sizga va O`zbekiston xalqiga Navro`z tinch, baxtli va farovon bo`lishini tilamoqchiman.

Afg`onistonda urushga chek qo`yadigan, barqaror va diplomatik echimni ta`minlaydigan tinchlik jarayonini qo`llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlarimizda Navro`z bayrami tinchlik nihoyatda muhim ne`mat ekanini eslatib turadi.

Joriy yilda O`zbekiston mustaqilligiga 30 yil to`ladi. Keyingi yillarda Siz muhim islohotlarni amalga oshirdingiz va mening Administrasiyam bu muvaffaqiyatni davom ettirish uchun mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Biz, shuningdek, besh yil avval Davlat kotibi Jon Kerri rahbarligida boshlangan «C5+1» muloqoti doirasidagi hamkorlik davom etishidan umidvormiz.

Sizga va O`zbekiston xalqiga shu yangi yilda va yangi bahor faslida eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Navro`z muborak!

Hurmat bilan,

Jozef Robinett Bayden,

Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti

    Boshqa yangiliklar