Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkiloti rahbari va oshpazi 200 dollar pora bilan qo`lga tushdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Xabarga ko`ra, bog`cha mudirasi mazkur lavozimda 3 yildan buyon ishlab kelayotgan bo`lgan. Ilgari bu erda ishlab, tug`uruq ta`tilida bo`lgan N.M. ishga qaytish bo`yicha unga bir necha bor murojaat qilgan. Ishga olish uchun oshpaz vazifasida ishlagan ayol undan 200 AQSh dollarini so`ragan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida oshpaz ayol o`zining yashash uyi O`zbekiston tumani «Navbahor» mahalla fuqarolar yig`inida N.A.dan 200 AQSh dollarini mudira R.I.ga berish uchun olgan vaqtda ushlangan. Tezkor tadbir davom ettirilib, bog`cha mudirasi oshpaz ayoldan 200 AQSh dollarini olgan vaqtda daliliy ashyo bilan qo`lga tushgan.
Ma`lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo`yicha Qo`qon shahar sudi tomonidan mazkur ish ko`rib chiqilgan. Bog`cha mudirasi R.I.ga Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan. Shuningdek, oshpaz ayolga ham qonuniy jazo belgilangan.
07.03.2023, 13:30
Farg`onada 20 yoshli o`g`il oilaviy kelishmovchilik sabab o`z onasini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda "zamon" informasion dasturida xabar qilindi. Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar "Do`stlik" mahallasida yashovchi...17.12.2022, 10:55
Telegram kanallardan birida Farg`ona viloyati Buvayda tumani hokimining sobiq 1-o`rinbosari bo`lgan Dexqonov Mirzoxidjon bundan 2 yil avval 20 000 dollar pora bilan qo`lga tushib, ozodlikdan...28.11.2022, 09:55
Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Oltiariq tumanida 3 nafar qiz pichoqlangani haqida xabarlar tarqldi. Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati holatga oydinlik kiritdi.Ma`lum bo`lishicha joriy yilning 26...17.10.2022, 12:27
Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bugunga qadar O`zbekiston Respublikasi suv xo`jaligi vazirining o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mirzaev Akmal Arzievich nomzodi tuman hokimi lavozimiga tavsiya etildi.A.Mirzaev 1971...