AsosiyDunyo

Koronavirusdan kasallanish boʻyicha AQSH dunyoda yetakchilik qilmoqda

'Koronavirusdan kasallanish boʻyicha AQSH dunyoda yetakchilik qilmoqda'ning rasmi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni  181 million 521 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  shundan 3 million 937 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Oxirgi bir sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 337 163 yangi holati aniqlandi. Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:AQSH birinchi oʻrinda turibdi, JSST maʼlumotlariga koʻra uyerda  33,317 milliondan ortiq infeksiyani yuqtirganlar aniqlangan;

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (30,362 milliondan ortiq);

Uchinchi oʻrinda Braziliya (18,448 milliondan ortiq);

Toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (5,662 milliondan ortiq);

Beshinchi oʻrinda esa, Rossiya (5,514 milliondan ortiq). 

Jons Xopkins universitetining maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 3 milliard 191 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Boshqa yangiliklar