- Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar oshadi
- Kam ta`minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi
- Mehnat migrasiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensasiya to`lanadi
- Ayrim sportchi-trenerlarga 2 mln 450 ming so`mdan kam bo`lmagan miqdorda har oylik to`lov joriy etiladi
- Pedagog kadrlar malaka toifasini berish bo`yicha attestasiya yil davomida o`tkaziladi
- Xorijiy tillarni o`qitish bo`yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablar 500 mln so`mgacha rag`banlantiriladi
- Elektron onlayn-auksionlar tartib-taomillarining yagona tartibi joriy etiladi
- Haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilinadi
- Gul ko`chatlari importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi qoplanadi
- Etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga ta`limda qo`shimcha imtiyoz va yordamlar beriladi
- Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarini har 3 yilda bir marotaba attestasiyadan o`tkazish mexanizmi joriy qilinadi
- Davlat tashkilotlarida ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi joriy qilinadi
- Xorijiy davlatlarga chiqadigan transportlardan tashqari barcha transportlarga texnik ko`rikdan o`tganligi to`g`risidagi talonlarni berish amaliyoti bekor qilinadi
01.09.2021 10:47