1

"Sen begona erkaklar bilan yurasan". Qashqadaryoda erkak xotini va qizini qabristonga olib borib, pichoqlab o`ldirdi

Jinoyat 22.09.2021, 14:13
"Sen begona erkaklar bilan yurasan". Qashqadaryoda erkak xotini va qizini qabristonga olib borib, pichoqlab o`ldirdi

Mazkur qotillik Nishon tumani “Orzu bo`stoni” MFYda sodir etilgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Qotillik tafsilotlariga ko`ra, shu yil 18 sentyabr kuni Nishon tumani “Oq-oltin” MFYda yashovchi, 4 nafar farzandning otasi, 2020 yildan viloyat Asab-ruhiy kasalliklar dispanserida hisobda turuvchi U.X. turmush o`rtog`i X.D. hamda voyaga etmagan qizi R.M.ni qishloq hududida joylashgan qabristonga “Damas” rusumli avtomashinada olib borgan. 

Turmush o`rtog`iga “sen begona erkaklar bilan birga yurasan, agar begona erkaklar bilan birga yurmasang, qasam ich” deb oshxona pichog`i bilan voyaga etmagan qizi va turmush o`rtog`iga sanchib tan jarohati etkazgan. Natijada xotini X.D. va voyaga etmagan qizi R. M. voqea joyida vafot etgan.

Holat atroflicha o`rganilganda 2020 yil 23 oktyabr kuni marhum uy bekasi X.D. turmush o`rtog`i U.X.ning xatti-harakatlaridan norozi bo`lib, Nishon tumani IIBga ariza bergan. Ariza yuzasidan tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Holat yuzasidan er U.X.ning xatti-harakatlari yuzasidan MJtKning 41-moddasiga asosan to`plangan hujjatlar Ma`muriy sudga yuborilib, tomonlarning o`zaro yarashganligi munosabati bilan ogohlantirish bilan tugatilgan. Oradan ikki oyga yaqin vaqt o`tib, ya`ni, 2021 yil 15 yanvar kuni MFY raisining bildirish xatiga asosan X.D. turmush o`rtog`i U.X. bilan o`zaro oilaviy kelisholmay kelayotgani bois, profilaktika inspektori tomonidan 2021 yil 16 yanvar kuni ayolga himoya orderi berilgan. Oilaviy nizo barham topavermagach, er bo`lmish U.X. 2020 yil noyabr oyida va 2021 yilning yanvar, fevral va may oylarida viloyat Asab-ruhiy kasalliklari dispanseriga davolanish uchun yotqizilgan. Fuqaro U.X.ga viloyat TMEK tomonidan nogironlik berilgan.

Shuningdek, Nishon tumani hududida o`tkazilib kelinayotgan “Xavfsiz xudud” maxsus profilaktik tadbiri davomi fuqaro U.X.ning yashash xonadoniga 2021 yil 16 sentyabr kuni profilaktika inspektori va MFY raisning o`rinbosari birga borib, fuqaro U.X. bilan profilaktik suhbat o`tkazilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan, deyiladi xabarda. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1