AsosiyJamiyat
3873

O`zbekistonda yana 450dan ziyod kishi koronavirus bilan kasallandi, 23 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi

'O`zbekistonda yana 450dan ziyod kishi koronavirus bilan kasallandi, 23 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi'ning rasmi

O`zbekistonda yana 450dan ziyod kishi koronavirus bilan kasallandi, 23 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Bu haqda SSV xabar berdi.

 Qayd etilishicha, 2021 yil 5 oktyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 176477 (+458) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 11 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 11 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 27 nafari Samarqand viloyatida,
  • 9 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 32 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 6 nafari Xorazm viloyatida,
  • 124 nafari Toshkent viloyatida,
  • 202 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1255 nafarni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, 2021 yil 5 oktyabr kuni 23 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 27372 nafarga etgan. Kecha ularning 24 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 25712 nafarni tashkil qilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar