1

Eronlik bokschi o`limga hukm qilindi. Sababi...

Dunyo 18.01.2022, 18:25
Eronlik bokschi o`limga hukm qilindi. Sababi...

Boks bo`yicha Eron Islom Respublikasi chempioni Muhammad Javod Vafoi 2019 yilgi norozilik namoyishlarida ishtirok etgani uchun o`limga hukm qilindi. U hukumat binolariga o`t qo`yish va ularni vayron qilishda aybdor, deb topildi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari rasmiylarni uning hayotini saqlab qolishga chaqirishdi va Twitter’da “SaveMohammadJavad” xeshtegi paydo bo`ldi.

Eronda taqiqlangan Xalq Mujohidlari (MEK) muxolifat guruhining siyosiy qanoti Eron Milliy Qarshilik Kengashi (NCRI) bayonotida, unga qarshi ayblovlar MEK’ni qo`llab-quvvatlashni o`z ichiga olganini ta`kidladi.

Bu Eronda sportchilarning ilk marta o`limga hukm qilinishi emas. 2020 yil sentyabrida ham 27 yoshli kurashchi Navid Afkari Janubiy Sheroz shahrida ikki yil avval shaharni larzaga keltirgan norozilik namoyishlari chog`ida qotillikda ayblanib, dorga osilgan edi.

U kaltaklash, odamlarning burniga spirtli ichimlik quyish kabi usullarni qo`llagan holda jinoyatini tan olishga majburlaganliklaridan shikoyat qilgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1