AsosiyJAMIYAT

Vazirlik, idora va hokimliklarning ma`muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ikki yilga to`xtatiladi

“2022–2024 yillarda O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma...

'Vazirlik, idora va hokimliklarning ma`muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish ikki yilga to`xtatiladi'ning rasmi

“2022–2024 yillarda O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–98-son, 22.01.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qaror bilan 2022–2024 yillarda O`zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi.  

Dastur doirasida belgilangan yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun jami 76 881,0 mlrd so`m ajratiladi.  

 Shunga ko`ra, mazkur yillarda jumladan quyidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish ob`ektlarini ishga tushirish nazarda tutilgan:

●  54 230 o`quv o`rni va 8 358 yotoq o`rniga ega oliy ta`lim muassasalari;

●  259 101 o`quv o`rniga ega, 248 ta sportzaldan iborat umumta`lim, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;

●  88 310 o`ringa ega maktabgacha ta`lim tashkilotlari;

●  24 213 o`ringa ega sog`liqni saqlash muassasalari.

Qaror bilan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo`yicha Respublika komissiyasi tuzildi.  

 Respublika komissiyasi Dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo`jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.  

️Dasturlar doirasida rejalashtirilgan mablag`larni ichki manbalar hisobidan jalb qilingan qarz mablag`lari, xorijiy kreditlar va ular bo`yicha hisoblangan foiz to`lovlarini qoplashga, shuningdek, ob`ektlar qurish uchun kreditlar ajratishga yo`naltirish taqiqlanadi.  

️ Qarorga ko`ra, 2022 yildan:

  •  ikki yil muddatga vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning ma`muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish bo`yicha yangidan boshlanadigan loyihalarni (Prezident qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, shuningdek, yangidan tashkil etiladigan shahar va tumanlarda joylashadigan loyihalar bundan mustasno) O`zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish taqiqlanadi;

 

  •  kelgusi yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish jarayonlarida keyingi yillarga o`tadigan loyihalar (ob`ektlar) soni bosqichma-bosqich qisqartiriladi va ularni tegishli moliyaviy yilda foydalanishga topshirish nazarda tutiladi.  

 

2022 yilda yakunlanadigan ta`lim muassasalari ob`ektlari – 15 avgustgacha, sog`liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar ob`ektlari – 1 oktyabrgacha, irrigasiya va meliorasiya tizimlari ob`ektlari – 1 dekabrgacha foydalanishga topshiriladi.  

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Denovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumon qilinmoqda'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:12

    Denovda IIB xodimi 14 yoshga to‘lmagan qiz nomusiga tegishda gumon qilinmoqda

    Hozircha voqea aynan qachon sodir bo'lgani rasman ma'lum qilinmagan.

    '1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 07:07

    1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi

    6 yoshli bolalar uchun esa maktabgacha tayyorlovning majburiy bir yillik guruhlari faoliyat yuritadi.

    ''ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 06:30

    'Yaponiya meri tarixda ilk bor tuğruq ta'tiliga chiqadi'ning rasmi

    JAMIYAT Bugun 03:55

    Yaponiya meri tarixda ilk bor tuğruq ta'tiliga chiqadi

    Mernimg aytishicha, u rahbarlik lavozimlaridagi ayollar ham oila va ish o‘rtasida muvozanatni saqlashi mumkinligini ko‘rsatishni istaydi.

    'Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yo‘lida tunnel qazish 9 kilometrdan oshdi'ning rasmi

    JAMIYAT 07.06.2026 17:39

    Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yo‘lida tunnel qazish 9 kilometrdan oshdi

    Loyiha doirasida jami 29 ta tunnel, 50 ta ko‘prik hamda 19 ta stansiya, jumladan, ikki ta chegara stansiyasi va yuk ortish-tushirish bekati qurilishi rejalashtirilgan.

    'Qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

    JAMIYAT 07.06.2026 11:03

    Qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga qaytarildi

    O'zbekistonda firibgarlik jinoyatini sodir etib, 6 yildan buyon qidiruvda bo'lgan.