AsosiyJamiyat

"Elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda" Qaysi hududlarda "svet" yongani ma`lum qilindi

'"Elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda" Qaysi hududlarda "svet" yongani ma`lum qilindi'ning rasmi

Elektr stansiyalar bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda. Hududlarda elektr ta`minoti tiklanmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xodjikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog`iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg`ona viloyatidagi Farg`ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlandi.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta`minoti tiklanmoqda.

Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berib boriladi.

 

    Boshqa yangiliklar