1

Toshkentda qo`shnisining uyini o`marmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 19.05.2022, 13:56
Toshkentda qo`shnisining uyini o`marmoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

IIV huzuridagi Tergov departamentining axborotiga ko`ra, joriy yilning 10 may kuni soat 00:30 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani Baxt ko`chasida yashovchi 32 yoshli M.J. mast holatda bo`la turib, o`zganing mulkini yashirin ravishda qo`lga kiritish maqsadida o`zining qo`shnisi 35 yoshli O.G.ning yashash xonadonida hech kim yo`qligidan foydalanib, xonadon eshigini tosh bilan buzib ochish orqali g`ayriqonuniy ravishda kiradi. Xonadondagi shkaflardan moddiy qiymatga ega bo`lgan narsa va buyumlarni izlab, u erdan hech qanday moddiy qimmatli narsa va buyumlarni topa olmagach, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan M.J.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 25,169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1