1

Yo`lovchini “qo`rqitgan” o`rindiq bo`yicha munosabat bildirildi

Jamiyat 24.05.2022, 09:31
Yo`lovchini “qo`rqitgan” o`rindiq bo`yicha munosabat bildirildi

Yo`lovchilardan biri Toshkent metrosining “Olmazor” bekatidagi o`rindiqlar qandaydir ramziy ma`noga egaligini bildirib, uni qo`rqitib yuborganini aytdi.

Toshkent metropoliteni Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, bu kabi o`rindiqlar 2020 yilning dekabr oyida o`rnatilgan bo`lib, dizayni oddiy uslubda yaratilgan. 

Qayd etilishicha, ushbu o`rindiqlar hech qanday ramziy ma`noga ega emas.

"Shu o`rinda, fuqarolardan noo`rin xulosalarga kelmasliklarini so`raymiz. Jumladan, kutish o`rindiqlari maxsus tarzda ikki tomonlama ochiq qilib joylashtirilgan",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1