1

O`zbekistonda dzyudo va qo`l jangi yanada rivojlantiriladi

Sport 20.06.2022, 23:43
O`zbekistonda dzyudo va qo`l jangi yanada rivojlantiriladi

Bugun, 20 iyun kuni dzyudo hamda qo`l jangi sport turlarini yanada rivojlantirish bo`yicha Prezident qarorlari qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar bermoqda.
Qarorga ko`ra, 2023 yil 1 yanvardan an`anaviy tarzda dzyudo sport turi bo`yicha O`zbekistonda quyidagi musobaqalar o`tkaziladi:
kattalar o`rtasida “Katta dubulg`a” xalqaro turniri;
—Osiyo chempionati g`olibi va Xalqaro toifadagi O`zbekiston sport ustasi Uchqun Murodov xotirasiga bag`ishlangan 18 yoshgacha bo`lgan o`g`il bolalar va qizlar o`rtasida xalqaro turnir;
—maktab o`quvchilari o`rtasida “Xalq ta`limi vaziri kubogi”;
—o`rta maxsus, professional va oliy ta`lim muassasalari o`quvchi-talabalari o`rtasida “Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri kubogi”;
—Qurolli Kuchlar tizimida “Mudofaa vaziri kubogi”;
—2024–2025 yillarda harbiylar o`rtasida Jahon chempionati.
Shuningdek, 2023 yil 1 yanvardan Sportni rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi Denov hamda Urganch dzyudo sport mahorati maktablari (dzyudo maktablari) davlat sport-ta`limi muassasasi sifatida tashkil etiladi. Dzyudo maktablariga o`qishga 5-sinfdan qabul qilinadi hamda ta`lim olish muddati 7 yil etib belgilanadi.
2023 yil 1 yanvardan umumiy o`rta ta`lim maktablarida dzyudo sport turini rivojlantirish bo`yicha “Bolalar uchun dzyudo” dasturi, maktabgacha ta`lim tashkilotlarida “Maktabgacha dzyudo” loyihasi joriy qilinadi.
2023 yildan dzyudoni o`quvchilar o`rtasida ommalashtirish bo`yicha tanlangan maktablarni o`quv qo`llanma, tatami, aksessuar va boshqa zarur anjomlar bilan ta`minlash uchun har yili 5 milliard so`mgacha mablag` yo`naltiriladi.
“Bolalar uchun dzyudo” dasturi doirasida qurib foydalanishga topshirilgan dzyudo zallarida O`zbekiston dzyudo federasiyasi huzuridagi Dzyudo sport klubining filiallari tashkil etiladi.

O`zbekiston Milliy universitetida 2022/2023 o`quv yilidan “Dzyudo va sport faoliyati” bakalavriat ta`lim yo`nalishi ochiladi. Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida O`zbekiston dzyudo akademiyasi tashkil etiladi.


Shuningdek, 2023 yildan an`anaviy tarzda qo`l jangi sport turi bo`yicha:
—har yili Toshkent shahrida 14 yanvar ‒ Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan Qurolli Kuchlar chempionati hamda o`z xizmat vazifasini bajarish chog`ida qahramonlik va jasorat ko`rsatib, halok bo`lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar xotirasiga bag`ishlangan Xotira turniri tashkil etiladi;
—har yili Namangan shahrida professional sportchilar o`rtasida “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” xalqaro turniri o`tkaziladi;
—har ikki yilda bir marotaba Qarshi, Samarqand va Buxoro shaharlarida yoshlar o`rtasida “Amir Temur kubogi” xalqaro turniri o`tkaziladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1