AsosiySport

"Xalqaro Olimpiya qo`mitasi Rossiyaning harakatlaridan norozi" - Tomas Bax

'"Xalqaro Olimpiya qo`mitasi Rossiyaning harakatlaridan norozi" - Tomas Bax'ning rasmi

Xalqaro Olimpiya qo`mitasi federasiyalarga rossiyalik sportchilarni musobaqalardan chetlashtirishni tavsiya etishda davom etadi. Bu haqda Xalqaro suzish federasiyasining Budapeshtdagi kongressida XOQ prezidenti Tomas Bax ma`lum qildi. 

Uning so`zlariga ko`ra, xalqaro sport Kreml rahbariyatining Ukrainadagi urush yordamida yangi dunyo tartibini shakllantirishga urinishlaridan xavotirda.

"Jahon sporti qoidalarni birlashtirish va hurmat qilish degani. Ukrainadagi vaziyatga munosabatimiz bizning sanksiyalarimizda aks etadi", - deydi Bax.

    Boshqa yangiliklar