Ulug`bek Rashitov Osiyo chempioni bo`ldi (video)

Sport 24.06.2022, 12:59
Ulug`bek Rashitov Osiyo chempioni bo`ldi (video)

 -68 kg vazn toifasida Ulug`bek Rashitov finalda iordaniyalik Zaid Karimga qarshi dayanga chiqdi va ikkala raundda ham g`alabaga erishib, Osiyo chempioniga aylandi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Rashitov musobaqani nimchorak finaldan boshladi va falastinlik Fahid Abdulrazoqni 2:0 hisobida taslim qildi. Shundan so`ng chorak finalda mo`g`ulistonlik, yarim finalda eronlik sportchini mag`lub etildi – 2:0.

Eslatib o`tamiz, sanoqli daqiqalardan so`ng -53 kg vazn toifasida o`zbekistonlikCharos Qayumovaga ham qit`a chempionligi uchun bahs olib boradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1