1

Turkiya o`lim jazosini qaytarmoqchi

Dunyo 26.06.2022, 11:27
Turkiya o`lim jazosini qaytarmoqchi

Turkiyada 2004 yil qabul qilingan “O`lim jazosini bekor qilish to`g`risida”gi qaror qayta ko`rib chiqiladi. Bu haqda mamlakat adliya vaziri xabar qildi, deya yozmoqda Zamon.uz' nashri.

Ta`kidlanganidek, Prezident Rajab Toyyib Erdog`an joriy haftada sodir bo`lgan o`rmon yong`inlari haqida gapirib, mamlakatda o`lim jazosini qaytarish masalasining ko`targan. Davlat rahbarining fikricha, o`rmonga o`t qo`ygan kishi uchun hukm “dahshatli bo`lishi” kerak. 

Ma`lumot uchun, o`lim jazosi Erdog`an hukmronliging dastlabki yillarida bekor qilingan. Atayin uyuushtirilgan o`rmon yong`inlaridan so`ng Prezident bu bo`yicha jazoni kuchaytrish kerakligini aytgan.

Eslatib o`tamiz, 21 iyun kuni Turkiyaning Mamaris va Mug`la kabi kurort shaharlarida yirik o`rmon yong`ini yuz bergandi. Hodisa oqibatida 4 ming gektar hududga zarar etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1