Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pastdarg`om tuman bo`limi tomonidan teeshiruv o`tkazildi.
Unda, “N.” MChJ rahbari M.M. MDF eshiklarini ishlab chiqarish asbob-uskunalarini xarid qilish uchun hududdagi tijorat bankdan ajratilgan 837,2 mln so`mlik kredit mablag`ini talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.