AsosiyJinoyat

Paxtachida elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulangan yashirin sex fosh etildi

'Paxtachida elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulangan yashirin sex fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Paxtachi tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “Mojor” MFYda yashovchi fuqaro U.P. o`ziga tegishli qurilishi tugallanmagan binoda yashirin sex tashkil etib, o`zboshimchalik bilan elektr energiya ta`minotiga to`g`ridan-to`g`ri ulanib, tarkibida oltin moddasi bo`lishi mumkin bo`lgan toshlarni tegirmonda maydalash faoliyati bilan shug`ullanib kelganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 149 mln  so`m zarar etkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar