1

"Ming afsuski, tinch aholi va huquq-tartibot organlari xodimlari orasida qurbonlar bor..."

Jamiyat 03.07.2022, 16:48
"Ming afsuski, tinch aholi va huquq-tartibot organlari xodimlari orasida qurbonlar bor..."

Prezident Nukusdagi namoyishlar oqibatlari haqida gapirdi.

Ma`lum qilinishicha, bir guruh shaxslar Nukus shahrida soxta shiorlarni o`ziga niqob qilib olgan holda, fuqarolarning ishonchiga kirib, tartibsizliklar keltirib chiqardi, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarini egallab olishga urindi. 

"Ular 2022 yil 2 iyul kuni jamoat tartibini buzishga qaratilgan harakatlarni to`xtatish haqidagi talablarga quloq solmasdan, respublikaning ma`muriy markazidagi asosiy ko`chalarda buzg`unchi harakatlarni davom ettirdi",-deydi davlat rahbari.

Bundan tashqari, tartibsizliklarda qatnashgan ayrim kimsalar huquq-tartibot organlari xodimlari bilan to`qnashuvlarni keltirib chiqarishga, qo`riqlanadigan hududlarga zo`ravonlik bilan bostirib kirishga uringan, binolarga tosh va turli buyumlar otishgan.  

"Shahar bo`ylab yurish davomida ular infratuzilma ob`ektlariga sezilarli darajada zarar etkazishdi. Binolarning oynalarini sindirib, yong`inlar sodir etishdi. Bir nechta guruhlar qurol-yarog`larni qo`lga kiritish maqsadida Nukus shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy gvardiya boshqarmasi binolarini egallashga urinishdi.  

Ushbu kimsalar son jihatiga ko`ra nisbiy ustunlikdan foydalanib, huquq-tartibot organlari xodimlariga hujum qilishdi, ularni ayovsiz kaltaklab, og`ir tan jarohatlari etkazishdi. Ming afsuski, tinch aholi va huquq-tartibot organlari xodimlari orasida qurbonlar bor",-deydi Mirziyoev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1