1

Kurash bo`yicha yoshlar o`rtasida Prezident sovrini uchun xalqaro musobaqalar o`tkaziladi

Sport 01.08.2022, 13:29
Kurash bo`yicha yoshlar o`rtasida Prezident sovrini uchun xalqaro musobaqalar o`tkaziladi

“Sport kurashlarining Olimpiya turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–336-son, 29.07.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi. 

Qaror bilan 2022-2024 yillarda sport kurashlarining olimpiya turlarini (erkin kurash va yunon-rum kurashi) rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari belgilandi.  

Qarorga ko`ra, 2023 yildan har yili an`anaviy tarzda sport kurashlari bo`yicha erkaklar va ayollar jamoalari o`rtasida navbatma-navbat respublikaning barcha hududlarida (olimpiya va xalqaro vazn toifalari bo`yicha):

▫️yoshlar o`rtasida Prezident sovrini uchun xalqaro sport musobaqalari;

▫️o`smirlar o`rtasida “Uzbekistan-Grand Prix” xalqaro sport musobaqalari;

▫️kattalar o`rtasida “New Uzbekistan” xalqaro sport musobaqalari;

▫️Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Vazir kubogi”, Davlat xavfsizlik xizmati tizimida “Rais kubogi”, Milliy gvardiya tizimida “Qo`mondon kubogi”, mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimida “Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi kubogi”, “Viloyat hokimi kubogi” va “Toshkent shahri hokimi kubogi” musobaqalari o`tkaziladi.

 O`rta maxsus, professional hamda oliy ta`lim tashkilotlari o`quvchi va talabalari o`rtasida uyushtiriladigan “Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining dasturlariga sport kurashlari kiritiladi.  

2023/2024 o`quv yilidan O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sport kurashlari bo`yicha o`qishga qabul qilishning amaldagi davlat buyurtmasi parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

2023 yildan sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sport kurashlarining kamida bitta turi bo`yicha, shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida sport kurashlarining ikkita turi bo`yicha seksiya va bo`limlar tashkil etiladi.

Sport kurashlari bo`yicha O`zbekiston chempionatlari va kuboklarida ishtirok etadigan sportchilarning natijalari xorijiy malakali hakamlar tomonidan baholanishi yo`lga qo`yiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1