AsosiyJinoyat

Jomboy, To`raqo`rg`on, Xo`jaobodda er savdosi bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi

'Jomboy, To`raqo`rg`on, Xo`jaobodda er savdosi bilan bog`liq firibgarlik holatlari fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo`limi tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqarolar A.Sh. va I.X. fuqaro Z.ning xabardorligisiz unga qarashli 5 sotix er maydonini hamda ushbu hududga tutash hokimlik zahirasidagi yana 5 sotix er maydonini boshqa bir fuqaro I.ga firibgarlik yo`li bilan 11 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 10 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departament hamda DXXning To`raqo`rg`on tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.I. fuqaro R.ga “Ch.B.” fermer xo`jaligi foydalanuvida bo`lgan er maydonini o`ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu er maydonini unga rasmiylashtirib berish evaziga 3 200 AQSh dollari va 75 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Andijon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, muqaddam sudlangan E.P. fuqaro D.ning ishonchiga kirib, Xo`jaobod tumani hududida go`yoki 8 sotix er maydoni uning onasiga meros bo`lib qolganligini aytib, ushbu er maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berishni va`da qilib, jami 4 250 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar