Xitoy provinsiyasida milliy yodgorlik hamda eng uzun ko`prik hisoblangan "Vanan" yonib ketdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa aks etgan tasvirlar paydo bo`ldi.
Fojiani videoga olayotgan mahalliy aholi ko`z o`ngida ko`prik qulab tushgan. Ko`p o`tmay voqea joyiga mutasaddi idoralar xodimlari etib keldi.
Yong`in o`chirilgan, biroq uning kelib chiqish sabablari hali noma`lum.