1

Keyingi farzandimning ismini Nodirbek qo`yaman. Hatto qiz bo`lsa ham farqi yo`q – Polshalik shaxmatchi

Dunyo 09.08.2022, 13:11
Keyingi farzandimning ismini Nodirbek qo`yaman. Hatto qiz bo`lsa ham farqi yo`q – Polshalik shaxmatchi

Polshalik shaxmatchi, FIDE masteri Kamil Plichta o`zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorovning g`alabasiga o`zgacha reaksiya bildirdi.

"Keyingi farzandimning ismini Nodirbek qo`yaman. Hatto qiz bo`lsa ham farqi yo`q", – degan  Plichta o`zining Twitter sahifasida.

Nodirbek Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 10-turida Hindiston vakili Gukesh Dommaraju ustidang`alabaga erishdi. Partiyaning katta qismida Hindiston vakili dominantlik qildi, biroq Nodirbek bahs davomida raqibining xatosidan foydalanib, g`alabani ilib ketdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1