O`zbekistonga noqonuniy olib o`tilayotgan salkam 300 tonna AI-95 benzini to`xtatib qolindi

Jinoyat 10.08.2022, 14:58
O`zbekistonga noqonuniy olib o`tilayotgan salkam 300 tonna AI-95 benzini to`xtatib qolindi

Qozog`iston Moliyaviy monitoring agentligi departamenti xodimlari AI-95 rusumli benzinni O`zbekistonga noqonuniy olib kirishga urinishning oldini oldi. Bu haqda Agentlikning telegram kanalida ma`lum qilindi.

Umumiy qiymati qariyb 90 million tengega teng umumiy hajmi 280 tonna bo`lgan benzin solingan 5 ta vagon sisterna qo`lga olingan. Ular yoqilg`iga qarshi qo`shimcha sifatida belgilan. Biroq, ekspert xulosasiga ko`ra, sisternadan olingan namunalar K-4 ekologik sinfidagi benzin bo`lgan.

Aniqlik kiritilishicha, shartnomaga muofiq Qozog`istondan O`zbekiston kompaniyasiga jami 45 million dollarlik 50 ming tonna benzin eksport qilish rejalashtirilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1