1

Senatorlar Baxtiyor Islamovni Oliy sud raisi etib saylashdi

Jamiyat 10.08.2022, 18:04
Senatorlar Baxtiyor Islamovni Oliy sud raisi etib saylashdi

10 avgust kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`ttizinchi yalpi majlisi bo`lib o`tdi

Dastlab senatorlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritilgan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining vakolatini muddatidan ilgari tugatish to`g`risidagi taqdimnoma muhokama qilishgan.

Ta`kidlanishicha,  Oliy sud raisi K. Kamilov salomatligi tufayli o`z xohishi bilan egallab turgan lavozimidan ozod etishni so`rab murojaat qilgan.

Senat majlisda bo`lib o`tgan muhokama natijasida uni O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish to`g`risida qaror qabul qildi.

Shuningdek, majlisda  senatorlar tomonidan sud tizimida hamda ma`muriy organlarda rahbarlik lavozimlarida ko`p yillar mobaynida ishlab kelgan Baxtiyor Djaxangirovich Islamov O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi etib saylandi.

Ushbu masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Shundan so`ng O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi tarkibiga o`zgartirishlar kiritish masalasi ko`rib chiqildi.

Ma`lumki, “O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy Qonuniga ko`ra Konstitusiyaviy sudning sudyalari belgilangan muddatga saylanadi.

Qayd etilganidek, amaldagi Konstitusiyaviy sud tarkibining qonun bilan belgilangan amal qilish muddati joriy yilning avgust oyida tugaydi. Shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan Konstitusiyaviy sudning yangi tarkibi Senat yalpi majlisida keng muhokama qilindi.

Senatorlar tomonidan ma`qullangan Konstitusiyaviy sud sudyaligiga nomzodlar yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi. Bunda yangi saylangan tarkib Konstitusiyaviy sudning amaldagi tarkibi o`z faoliyatini yakunlaganidan so`ng ishga kirishishi belgilandi.

Shuning bilan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`ttizinchi yalpi majlisi yakunlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1