Koreyada joriy haftada o`ta kuchli yog`ingarchilik kuzatildi.



U hattoki 80 yil ichidagi eng kuchlisi deb hisoblanmoqda va u uch kun davom etgan.
Yo`llar, Seuldagi ayrim metro stansiyalari va uning atrofidagi binolarni suv bosgani aytiladi. Noqulay ob-havo tufayli kamida 16 kishi halok bo`lgan, 17 kishi jarohatlangan, yana etti kishi bedarak yo`qolgan.
Ma`lum bo`lishicha, hukumat suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish bo`yicha yig`ilish o`tkazgan.

Yig`ilishda Prezident o`z fuqarolarini himoya qilish bo`yicha nutq so`zlab, barcha hukumat amaldorlari bu burchni yodda tutishlarini istashini ta`kidlagan.
"Noqulayliklarga uchragan odamlardan hukumat nomidan uzr so`rayman", - degan u.
Rahbarning aytishicha, hukumat favqulodda tiklash ishlarini olib borishda va jabrlanganlarga yordam berishda ham kelajakda shu kabi voqealarni keltirib chiqarmaslik uchun kerakli choralar ko`rishi kerak.
"Menimcha, biz mamlakatning barcha suv yo`llarida suv sathini doimiy ravishda kuzatib borish, simulyasiya qilish va shu bilan darhol ogohlantirish tizimlarini faollashtirish uchun zamonaviy raqamli texnologiyalardan faol foydalanishimiz kerak",- dedi u.

Dilbar Abdunabieva.






